21 noyabr kuni Özbekiston Respublikasi Soğliqni saqlaş vazirligi va Koreyaning yetakçi tibbiyot muassasalari rahbarlari bilan bir qator uçraşuvlar bölib ötdi.

Jumladan, «Gachon University Gil Medical Center in Incheon», «Myongji Hospital in Seoul», «Tibbiy yetakçilar korporatsiyasi», «Chonnam National University Hospital in Gwangju» va «Chung Hospital» rahbarlari bilan muzokaralar olib borildi.

Soğliqni saqlaş vazirligi matbuot xizmati xabar qilişiça, uçraşuv söngida Koreyaning «Chung Hospital» şifoxonasi bilan birga Özbekistonda tibbiy muassasa quriş böyiça kelişuvga erişilgan. «Tibbiy yetakçilar korporatsiyasi» bilan ikki tomonlama tajriba almaşiş, Özbekistonda koreyalik malakali mutaxassislar tomonidan mahorat darslari ötkaziş, özbek şifokorlarining Koreyada malakasini oşiriş masalasi muhokama etilgan.

Ikki tomonlama tajriba almaşiş va teletibbiyotni rivojlantiriş maqsadida «Gachon University Gil Medical Center in Incheon» bilan anglaşuv memorandumlari imzolangan. Şuningdek, «Myongji Hospital in Seoul» va «Chonnam National University Hospital in Gwangju» bilan yana ikkita şartnoma imzolanişi kutilmoqda.