Özbekiston Respublikasi Innovatsion soğliqni saqlaş Milliy palatasi raisi Ravşan Izamov Hindistondan taşrif buyurgan hamkorlar bilan hududlarda taşkil qilingan teletibbiyot seanslarida böldi. Watch Witz Technologies Pvt Ltd (Hindiston) kompaniyasining tibbiyot uskunasida onlayn diagnostika ötkazildi. Milliy palata matbuot xizmati Kun.uz’ga şu haqida xabar berdi.
Jizzaxda - viloyat hokimi Ergaş Soliyev iştirokida, Termizda esa Özbekiston Respublikasi Boş vazir örinbosari Aziz Abduhakimov iştirokida teletibbiyot seanslari taşkil etildi.

Telediagnostika davomida bir neça bemor tekşiruvdan ötkazildi, ularning natijalari onlayn rejimda Hindistondagi mutaxassislarga yöllandi. Olingan ma'lumotlar asosida şifokorlar tomonidan taşxis qöyilib, davolaş muolajalari belgilandi.
Ilk tajribaning körsatişiça, yuksak darajali professionallarni jalb qilib, teletibbiyot usulini qöllaş nafaqat şifokorlarga köp bemorlarni tekşiriş va davolaş imkonini beradi, balki yordam uçun murojaat qilganlar orasida ham juda ijobiy e'tirofga sazovor bölmoqda. Mazkur seanslarda qatnaşgan bemorlar onlayn telediagnostikaning ustuvor jihatlari haqida ijobiy fikrlar bildirişdi.
Innovatsion soğliqni saqlaş Milliy palatasi raisi Ravşan Izamovning sözlariga köra, onlayn telediagnostika Özbekiston fuqarolariga mamlakatdan taşqariga çiqmay, eng yaxşi xorijiy ekspertlardan konsultatsiya oliş imkonini beradi. Bu bemorlarga vaqt va mablağini tejaş bilan birga davolanişga muhtoj bemorlarni ovoragarçilikdan saqlaydi.

Özbekistonda teletibbiyotni rivojlantiriş, şuningdek, respublika böylab tibbiyot turizmi imkolniyatlarini kengaytirişga yöl oçadi hamda Turkmaniston, Afğoniston va Qirğiziston kabi qöşni davlatlar fuqarolarini Özbekistonga jalb qiladi.
Kelişuvlarga köra, Innovatsion soğliqni saqlaş Milliy palatasi bazasida Teletibbiyot öquv markazini oçiş rejalaştirilmoqda. Şu bilan birga, loyihani butun respublika böylab amalga oşiriş doirasida barça hududiy bölinmalarda teletibbiyot markazlarini oçiş rejalaştirilmoqda.
















