Özbekistonda Yagona tibbiy axborot markazini taşkil etiş va «Aqlli tibbiyot» tizimini joriy etiş rejalaştirilmoqda. Ularni yaratiş va rivojlantiriş böyiça konsepsiya loyihasi Qonun hujjatlari ta'sirini baholaş tizimi portalida muhokama qilinmoqda. 
 
Norma’ning yozişiça, hujjat prezidentning 22.01.2018 yildagi PF-5308-son «2017-2021 yillarda Özbekiston Respublikasini rivojlantirişning beşta ustuvor yönalişi böyiça Harakatlar strategiyasini "Faol tadbirkorlik, innovatsion ğoyalar va texnologiyalarni qöllab-quvvatlaş yili"da amalga oşirişga oid davlat dasturi töğrisida»gi farmonida belgilangan vazifalarni amalga oşiriş maqsadida işlab çiqilgan.
 
Loyiha doirasida mamlakatning barça tibbiyot muassasalarini qamrab oluvçi Yagona teletibbiyot tizimining (YaTT) yaxlit infratuzilmasini yaratiş möljallanmoqda. Yagona tibbiy axborot markazi uning faoliyat yuritişini ta'minlaşi, şuningdek, «Aqlli tibbiyot» texnologiyalarini joriy etişi kerak böladi.  
 
Bu innovatsiyalar xizmatlar körsatiş sifatini yangi darajaga kötarişga, aholiga diagnostika va davolaş-profilaktika yordamini körsatiş sifatini oşirişni ta'minlaşga yordam beradi. 
 
Özbekistonda teletibbiyot texnologiyalarini rivojlantiriş va joriy etişning asosiy yönalişlari etib quyidagilar belgilandi:

• teletibbiy konsultatsiya/telenasihat. Bu holda davolovçi şifokorning boşqa tibbiyot muassasasidagi, şu jumladan boşqa şahardagi konsultant bilan bemor borasidagi muhokamasi ta'minlanadi;
• teletibbiy ma'ruza/seminar. Ma'ruzaçi (muallim) barça iştirokçilarga bir vaqtning özida murojaat qilişi mumkin, ular esa, öz navbatida, – bir-biri bilan şaxsan muloqot qiliş imkoniyati mavjud bölmaganda ma'ruzaçiga murojaat qilişi mumkin;
• telemonitoring (telemetriya). Köpgina mijozlarning ma'lumotlari konsultativ markazga jönatiladi. Mazkur texnologiya mijozdan maxsus qurilmani olib yurişni talab qiladi, u bemor töğrisidagi xolis ma'lumotlarni berişni ta'minlaydi. Olingan ma'lumotlar taşxisni aniqlaştiriş va davolaşni yanada samaraliroq olib boriş uçun zarurdir;
• teletibbiyot kengaşi/konsilium/simpozium. Aloqa turli muassasalarda joylaşgan uçraşuv iştirokçilariga bir-biri bilan muloqot qiliş va dolzarb vazifalarni muhokama qiliş imkonini beruvçi sxema orqali taşkillaştiriladi.