Bugun, 23 noyabr kuni Seul şahrida Şavkat Mirziyoyev özining Janubiy Koreyaga davlat taşrifi doirasida Koreya – Özbekiston biznes forumida iştirok etdi.

Forumda ikki davlatning iqtisodiy va moliyaviy tuzilmalari rahbarlari, yetakçi işbilarmonlari qatnaşişdi.

Prezident Mirziyoyev sözga çiqib bölganidan söng söz navbatini Koreya Respublikasi boş vaziri örinbosari, strategiya va moliya vaziri Kim Dong-yon oldi. U Özbekiston prezidentining nutqini katta hayajon va qiziqiş bilan tinglaganini ta'kidladi. U hali iş amaliyotida öz mamlakati rivojlanişi va biznesni qöllab-quvvatlaş uçun şunçalik katta e'tibor qaratgan davlat rahbarini uçratmaganini aytib ötdi. Janob Kim Dong-yon şuningdek, xorijiy davlat rahbarini aeroportda kutib oliş uçun koreys protokoli tarixida ilk bor boş vazirning örinbosari darajasidagi amaldor yuborilgani, bu ham Koreya rahbariyati va xalqi tomonidan Özbekistonga hurmat va qiziqiş yuqori ekanligidan darak berişini aytib ötdi.

Şundan söng Koreya Respublikasi savdo, sanoat va energetika vaziri Bek Un-gyu çiqiş qildi. U koreys tomoni Özbekiston bilan özaro munosabatlarni uç asosiy strategik yönaliş böyiça rivojlantirişi mumkinligini qayd etdi: birinçisi — yuqori qöşilgan qiymatli mahsulotlarni işlab çiqarişni kengaytiriş; ikkinçisi — nodir metallarni qazib oliş va gaz-kimyo sohasidagi biznesni rivojlantiriş; uçinçisi — tiklanuvçi energiya sohasida biznesni rivojlantiriş. U şuningdek, ta'lim sohasida özaro hamkorlikni kengaytiriş ahamiyati haqida gapirdi. Janob Bek Koreya Navoiydagi logistika markazini mintaqada öz sohasidagi yetakçilar qatoriga çiqarişga intilişini ta'kidlab ötdi.

Forum qatnaşçilariga Koreya Respublikasi parlamenti a'zosi, janob Song Yung-gil ham murojaat qildi. Uning qayd etişiça, özbek xalqining mislsiz mehmondöstligi va keng qalbi tufayli ötgan asrning murakkab yillarida yirik koreys diasporasi özbek zaminida qönim topgani va söngra özbek jamiyatiga singib ketganini qayd etib ötdi. U şuningdek, Özbekiston Respublikasi prezidenti Ş.Mirziyoyev biznes forumda çiqiş qilib, davlat rahbari xorijiy tadbirkorlar va investorlar bilan qanday muloqot qurişi kerakligi borasida çinakam master-klass ötib berganini ta'kidladi.