Bugun, 23 noyabr kuni Seul şahrida davlatimiz rahbari Şavkat Mirziyoyev özining Janubiy Koreyaga davlat taşrifi doirasida Koreya – Özbekiston biznes-forumida iştirok etdi va nutq sözladi.
«Özbekiston hukumati mamlakatda jozibador işbilarmonlik muhiti va investitsion iqlim şakllantiriş işiga qat'iy va dadil kirişgan, — dedi Ş.Mirziyoyev forumdagi öz çiqişida.
Sizlarga murojaat qilar ekanman, biz Özbekistonda Koreya kompaniyalari bilan oçiq va şaffof işlaşni niyat qilayotganimizni bildirmoqçiman.
Men sizlarga investitsiyalaringizning işonçli himoyasi, mulklaringizning daxlsizligi va foydani erkin köçirişni kafolatlayman.
Biz biznes özaro manfaatli bölişi zarurligini juda yaxşi anglaymiz. Koreyalik har bir investor bozorimizda ham özi daromad topib, ham iqtisodiyotimizning yuksalişiga hissa qöşib, qoniqiş bilan işlaşi kerak.
Yana ta'kidlayman, biz Koreya kompaniyalari uçun eng qulay şart-şaroitlarni hozirlaymiz va sizlarni mamlakatimizda uzoq muddatli hamkorlar sifatida körişni istaymiz.
Bu şunçaki sözlar emas. Bu mening siyosiy irodam, metin va özgarmas pozitsiyam», — deya uning sözlarini keltirgan Prezidentning Koreya Respublikasiga taşrifini yoritiş böyiça matbuot markazi.

















