Zimbabvening yangi prezidenti inauguratsiyasi 24 noyabrda bölib ötadi. Yangi prezident mamlakatning sobiq vitse-prezidenti Emmerson Mnangagva böladi, deb xabar bermoqda Zimbabvening teleradiouzatiş korporatsiyasi ZBC.
Associated Press axborot agentligining ma'lumotlariga köra, Mnangagva şu munosabat bilan JARdan Zimbabvega uçib ketgan. OAVning ta'kidlaşiça, aviabazada siyosatçini kutib oliş uçun yuzlab odamlar töplangan. Ulardan ba'zilari Mnangagva suratlari va “Bizning qahramon, qaytayotganing bilan” degan yozuv bölgan plakatlarni uşlab olişgan. Mnangagvani Zimbabve armiyasi boş qömondoni Konstantino Çivenga va hukmron partiya ZANU-PF a'zolari kutib olişlari, söngra u endilikda sobiq prezident Robert Mugabe bilan uçraşişi kutilmoqda.
Zimbabveni 37 yil davomida boşqarib kelgan 93 yoşli Mugabe 21 noyabrda iste'foga ketişini e'lon qildi.
















