Bugun, 23 noyabr kuni Seul şahrida davlatimiz rahbari Şavkat Mirziyoyev özining Janubiy Koreyaga davlat taşrifi doirasida Koreya - Özbekiston biznes-forumida iştirok etdi.

Forumda ikki davlatning iqtisodiy va moliyaviy tuzilmalari rahbarlari, yetakçi işbilarmonlari qatnaşişdi.

Uçraşuv boşida Koreya savdo-sanoat palatasi raisi Pak Yong-man Koreya Respublikasi prezidenti Mun Jye-Inning biznes-forum qatnaşçilariga tabrik murojaatini öqib eşittirdi.

Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev öz çiqişi avvalida koreyalik hamkasbining forum qatnaşçilariga murojaati ikki davlat örtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarning mustahkamlanişida katta ahamiyat kasb etişi va muhim köprik bölib xizmat qilişini qayd etdi.

Prezidentning Koreya Respublikasiga taşrifini yoritiş böyiça matbuot markazi «Kun.uz»ga ma'lum qilişiça, Özbekiston prezidenti Koreya Respublikasi va Özbekiston örtasida turli sohalarda öxşaşliklar köpligini ta'kidlab ötdi. U şuningdek, Özbekiston koreys tadbirkorlari uçun keng eşik oçganini aytib ötdi. Özbekiston prezidenti ayni paytda mamlakatda biznes yuritişni yengillaştiriş va xorijiy investitsiyalari himoyalaşga yönaltirilgan çora-tadbirlar kompleksi amalga oşirilayotganini qayd etib ötdi. Öz çiqişi davomida prezident Mirziyoyev zalda ötirgan Özbekiston moliya-iqtisodiy idoralari rahbarlariga koreys işbilarmonlari bilan jips hamkorlikni yölga qöyiş böyiça muayyan topşiriqlar berdi.

«Mening Koreya Respublikasiga davlat taşrifim aynan sizlar bilan boşlangani bejiz emas. Biz Koreya kompaniyalarning investitsiyalari, ilğor texnologiyalari va menejmentini Özbekiston iqtisodiyotini rivojlantiriş uçun jalb qilişdan manfaatdormiz. Bizda koreys biznesiga taqdim etişga arzigulik narsalar bor», — dedi prezident Mirziyoyev.

«Alohida qayd etib ötişim kerakki, bugun biz mamlakatimizga işonçni mustahkamlaş yöli bilan investorlarni jalb qiliş, uzoq muddatli va oldindan taxmin qilsa böladigan siyosat, şaffof işbilarmonlik va investitsion iqlimni şakllantirişga yönaltirilgan qat'iy çoralarni joriy etmoqdamiz. Bu biz tomonimizdan tasdiqlangan keyingi 5 yilga Özbekistonni rivojlantiriş Strategiyasining eng ustuvor yönalişlaridan biri hisoblanadi.

Birinçidan, biz şu yilning sentyabridan valuta bozorida kompaniyalar uçun tösiqlarni butunlay bartaraf etib, milliy valutaning erkin konvertatsiyasini joriy etdik.

Ikkinçidan, biz taşqi savdo siyosatini yanada erkinlaştiriş böyiça faol çoralar körişda davom etayapmiz.