Harbiy xizmatchilar harbiy yig‘inlarda qatnashish davrida oddiy xatlarni maxsus pochta konvertlarida jo‘natadi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilar va rezervchilarning harbiy yig‘inlarda qatnashish davrida xatlarini jo‘natish xarajatlarini moliyalashtirishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori e'lon qilindi.
Hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasining «Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi va “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari rezervidagi xizmat to‘g‘risida”gi qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risida nizomni tasdiqlash to‘g‘risida” 2006 yil 14 yanvardagi PQ-257-son qaroriga muvofiq muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilar va rezervchilarning harbiy yig‘inlarda qatnashish davrida harbiy qismlar tomonidan jo‘natiladigan xatlarini bepul yuborish huquqiga ega ekanliklari ma'lumot uchun qabul qilindi.
Muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilar va rezervchilar harbiy yig‘inlarda qatnashish davrida maxsus markalangan pochta konvertlari bilan ta'minlash tartibi to‘g‘risidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlandi.
Belgilab qo‘yilishicha, muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilar va rezervchilarning harbiy yig‘inlarda qatnashish davridagi oddiy xatlari harbiy qismlar tomonidan pochta aloqasi sohasidagi maxsus vakolatli organ tomonidan o‘rnatilgan tartibda muomalaga kiritilgan belgilangan namunadagi maxsus markalangan pochta konvertlarida jo‘natiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2018 yil 1 yanvardan boshlab, har yili kelgusi yil uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjyeti parametrlarini shakllantirishda O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi harbiy qismlarining muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilar va rezervchilarning harbiy yig‘inlarda qatnashish davrida jo‘natiladigan oddiy xatlarini maxsus markalangan pochta konvertlarida jo‘natish xarajatlarini qoplashni nazarda tutadi.
Tavsiya etamiz
Shveytsariyadagi qishloqqa ko‘chib kelgan sayyohlarga 24 ming dollardan pul to‘lanadi
Jahon | 01:36 / 09.06.2025
Toshkentda ilk BRT tizimi: u qanday ko‘rinishda bo‘ladi?
O‘zbekiston | 20:17 / 07.06.2025
Bir nechta tashkilotlar Enter Engineering kompaniyasini sudga berdi
O‘zbekiston | 17:39 / 07.06.2025
Xatolar ulg‘aytirgan jamoa. O‘zbekistonning mundial sari uzoq yo‘li haqida
Sport | 15:27 / 07.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Karlovi Vari - Yevropaning asosiy sog‘lomlashtirish joyi
Jamiyat | 15:00 / 09.06.2025
-
Rossiyada og‘ir ahvolda qolgan o‘zbekistonliklar vatanga qaytarildi
O‘zbekiston | 00:28
-
Britaniyada 400 mingdan ortiq davlat xizmatchisi sun’iy intellektdan foydalanishga o‘qitiladi
Fan-texnika | 00:07
-
Navoiy uchun Xitoydan 42 ta zamonaviy avtobus olib kelindi
O‘zbekiston | 00:00
Mavzuga oid

16:38 / 10.04.2025
Harbiy xizmatchilarga turar joy ijarasi uchun to‘lanadigan kompensatsiya miqdori oshirildi

18:57 / 29.07.2024
Harbiy xizmatchi, IIO va bojxona xodimlari farzandlari uchun kvotalar tasdiqlandi

23:48 / 06.01.2019
Saddam Husaynning qizi otasining o‘limoldi xatini e'lon qildi

17:32 / 30.12.2018