Qirğizistonning yangi saylangan prezidenti Sooronbay Jeenbekov qasamyod qabul qildi va rasman mamlakat prezidenti lavozimini bajarişga kirişdi. U respublikaning beşinçi prezidenti böldi.
Qirğiziston prezidentlik saylovi 15 oktabrda bölib ötgan edi. Sobiq boş vazir Jeenbekov hukmron Sotsial-demokratik partiyadan nomzodini ilgari surgan, ovoz beriş jarayonida bevosita iştirok etgan 56 foiz saylovçining 54 foizidan ortiği uni qöllab-quvvatlagan edi.
Tantanali marosim Bişkek yaqinidagi "Ala-Arça" davlat qarorgohida bölib ötmoqda. Unda 450 faxrli mehmon iştirok etayapti.
Jeenbekov, konstitutsiyaga qölini qöyar ekan, tantanali ravişda "davlat rahbari vakolatlarini adolat bilan ado etişlikka, inson va fuqaro huquqlarini muhofaza qilişga, konstitutsiyaga qat'iy amal qilişga, xalq birligi, davlat yaxlitligi va xavfsizligini himoya qilişga" qasamyod qildi.
Şundan söng, MSK rahbari Nurjan Şayldabekova unga prezidentlik guvohnomasi, kökrak nişoni va prezident ştandartini taqdim etdi.
Qirğiziston prezidenti, mamlakat qonunçiligiga köra, 6 yil muddatga umrida bir marta saylanadi.

















