Qirğiziston sobiq prezidenti Almazbek Atamboyev va davlatning yangi rahbari Sooronbay Jeenbekov «Ala-Arça» davlat qarorgohidagi inauguratsiyadan söng «Oq uy»ga yöl olişdi, bu yerda ularni Milliy gvardiyaning faxriy qorovuli kutib oldi. Bu haqda qirğiz OAV xabar bermoqda.
Almazbek Atamboyev respublika qurolli kuçlarini yangi oliy boş qömondon bilan tabrikladi. Sooronbay Jeenbekov şarafiga parad bölib ötdi. Şundan söng prezidentlar iş kabinetiga kirib ketişdi.
Ta'kidlab ötiş lozimki, Qirğizistonda bugun avvalgi prezidentdan yangi saylanganiga hokimiyatni birinçi marta tinç yöl bilan topşiriş marosimi bölib ötdi. Köpçilik bu hodisani Markaziy Osiyo mintaqasi uçun fenomen deb atadi.
«Ala-Arça» davlat qarorgohida Qirğizistonning saylangan prezidenti inauguratsiyasi bölib ötdi. U özining ilk farmoni bilan davlatning sobiq yetakçisi Almazbek Atamboyevni mukofotlaş haqida va'da berdi.

















