Qirğiziston sobiq prezidenti Almazbek Atamboyev davlatning yangi rahbari Sooronbay Jeenbekovning inauguratsiya marosimi vaqtida öz rafiqasi va farzandlariga, ular mamlakatga olti yil davomida rahbarlik qilganida şa'niga doğ tuşirişmagani uçun minnatdorçilik bildirdi.

15 oktabr kungi umumxalq saylovlarida ğalaba qozongan Jeenbekov juma kuni qasamyod keltirdi va davlat rahbari lavozimiga rasman kirişdi.

"Qirğiziston Respublikasining yangi prezidenti lavozimiga kirişdi. Şu bilan mening prezident sifatidagi işim yakunlandi. Yaratganga şukr. Barça fuqarolarga, tarafdorlarimga doimiy qöllab-quvvatlov uçun çuqur minnatdorlik bildiraman. Rafiqam, sobiq birinçi xonimga va farzandlarimga ham rahmat. Ular olti yil davomida şa'nimga doğ tuşirişmadi", - deya ma'lum qildi Atamboyev.

Uning işonç bildirişiça, yangi prezident "Qirğizistonning taraqqiyot va farovonlik yölidan borişini ta'minlaydi".

"Bizning barça döstlarimiz – xalqaro şeriklar, taşkilotlar, donorlar va institutlarga minnatdorlik bildirmoqçiman. Qirğiziston xalqining sabri, mehnatsevarligi va sizlarning qöllab-quvvatlaşingiz tufayli ötgan vaqt davomida hayotiy muhim sohalarda qator islohotlarni amalga oşirişning uddasidan çiqdik. Asosiysi – mamlakatda barqarorlik va tinçlik örnatildi", - deya ta'kidlab ötdi Atamboyev.