Qirğiziston yangi prezidenti siyosatidagi ustuvor yönaliş – korrupsiya bilan kuraş böladi. Bu haqda Sooronbay Jeenbekov bugun inauguratsiya marosimida qasamyod keltirganidan söng sözlagan nutqida ma'lum qildi.
Prezident korrupsiya bilan kuraş olib boriş hamda sud tizimi işining şaffofligini ta'minlaşga va'da berdi.
«Biz sudlar infratuzilmasini yanada yaxşilaşimiz hamda adliyaning raqamli tizimini joriy etişimiz kerak, şunda sudyalar mas'uliyati va şaffofligi ham böladi», - deya aytib ötdi Sooronbay Jeenbekov.
Uning qöşimça qilişiça, Qirğiziston ijtimoiy yönaltirilgan davlat yölidan çetlaşmaydi.
Prezident taşqi siyosatda mintaqaviy va xalqaro taşkilotlar bilan hamkorlikni davom ettiriş niyatida. Davlat rahbari Rossiya bilan strategik şeriklikni ham davom ettiriş muhimligini alohida ta'kidlab ötgan.
«Yevropa ittifoqi davlatlari, Yaponiya, Koreya, Hindiston, Möğuliston, Xitoy, Turkiya va AQŞ bilan hamkorlikni yanada kuçaytiramiz», - deya qayd etib ötdi prezident.

















