AQŞ Vaşingtonda Falastinni ozod qiliş taşkiloti işini taqiqlaş böyiça qarorni qayta körib çiqdi. Bu haqda Associated Press xabar bermoqda.

Ta'kidlanişiça, Falastinni ozod qiliş taşkilotining Vaşingtondagi ofisi çeklovlar bilan işlaşi mumkin. Çeklovlar esa 90 kundan söng olib taşlanişi ehtimolga yaqin.

Bundan taşqari, Vaşingtondagilar Falastinni ozod qiliş taşkiloti vakolatxonasiga «faqat isroilliklar va falastinliklar örtasida barça tomonlama hamda uzoq muddatli tinçlikka erişişga boğliq harakatlar bilan çeklaniş»ni tavsiya qilişgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Falastin hukumati AQŞ bilan barça aloqalarni muzlatib qöyiş haqida qaror qabul qilgani xabar berilgandi.