Falastin hukumati AQŞ bilan barça aloqalarni muzlatib qöyiş haqida qaror qabul qildi. Bu Qöşma Ştatlar Davlat departamenti Vaşingtondagi Falastinni ozod etiş taşkiloti vakolatxonasi faoliyatini töxtatib qöyganidan söng yuz berdi, deb xabar qilmoqda The Times of Israel.
Falastinni ozod etiş taşkiloti vakilining ma'lum qilişiça, u Falastin yetakçisi Mahmud Abbosdan «amerikaliklar bilan barça aloqa kanallarini yopiş» haqida körsatma olgan.
Bundan avval Falastin AQŞni Falastinni ozod etiş taşkiloti vakolatxonasining yopilişi tufayli barça aloqalar uzilişi mumkinligi haqida ogohlantirgandi.
















