Elektrokarlar işlab çiqaruvçi dunyodagi 10 ta yirik korxonadan 6 tasi Xitoyda joylaşgan bölib, qolgan 4 tasi Xitoy kompaniyalari bilan hamkorlik qiladi. Xitoyda elektrokarlar işlab çiqariş sohasini dunyodagi eng tezkor va ommaviy bölişga majbur qiluvçi bir neçta omil mavjud.
Xitoyning eng katta muammolaridan biri ekologiya hisoblanadi. Xitoy uçun havoning ifloslanişi milliy miqyosdagi muammoga aylangan. Global isiş esa umuman mamlakatning dengizböyi şaharlarini suv ostida qoldiriş bilan xavf solmoqda. Şu sababli elektrokarlar ekologiya uçun kuraşişning yöllaridan biri hisoblanadi.
Bu kuraş xitoyliklarning uşbu muammoni anglaganligi bilan emas, balki elektromobillar xarid qilişni rağbatlantiruvçi turli davlat dasturlari bilan qöllab-quvvatlanmoqda. Bu dasturlar böyiça elektrotransport işlab çiqaruvçilar ham, uni xarid qiluvçilar ham imtiyozlar oladilar. Xitoyning köplab kompaniyalariga bu imtiyozlar bugungi kunda oborot olişga yordam bergan.
2017 yil 3-çoragida Xitoy hissasiga dunyoda işlab çiqarilgan barça elektrokarlarning yarmi töğri keldi. Bu yerda nafaqat mahalliy modellar sotiladi. Köpçilik xitoyliklar “qurbing yetsa, eng qimmatini sotib ol” tamoyili asosida yaşamoqdalar. Şu sababli Xitoy Tesla avtomobillarining boş bozoriga aylangan. 2016 yilda bu yerda kompaniyaning 11 mingta maşinasi sotilgan, bu esa Ilon Mask kompaniyasiga 1 mlrd. dan köproq daromad keltirgan. Bundan taşqari, Tesla Şanxayda zavod qurişni rejalaştirmoqda.
Elektrokarlar bozorining Xitoy hissasiga töğri keluvçi qismi Xitoyning arzonbop maşinalar işlab çiqaruvçi kompaniyalariga töğri keladi. Yuqorida aytilgandek, Xitoyda elektrokarlar işlab çiqaruvçi 6 ta yirik kompaniya: BYD, FAW Group, SAIC, Geely, BAIC, Dongfeng bor.
Bu kompaniyalarning barçasi Xitoyda ançadan beri faoliyat yuritadi. Xitoydagi iqtisodiy muvaffaqiyat bu kompaniyalarga dunyo bozoriga çiqişga imkon bermoqda. Bunga yorqin misollardan biri sifatida Geely tomondan Volvöning sotib olinişini keltiriş mumkin. Şved kompaniyasi 2019 yildan töliq elektrokarlar işlab çiqarişga ötmoqda. Yuqoridagi röyxatdan örin olgan boşqa kompaniyalar ham xorijda hamkorlarga egalar. BAIC Kaliforniyada elektrokarlar işlab çiqiş markazi R&D’ni oçgan. Yaqin orada bu kompaniyalar öz elektrokarlari bilan katta bozorga çiqişni rejalaştirişmoqda.

















