Markaziy bank, Moliya vazirligi, Davlat soliq qömitasining qarori (2017 yil 22 noyabr) bilan Özbekiston Respublikasi hududida naqd xorijiy valyutani qabul qiliş tartibi töğrisida nizomga özgartirişlar kiritildi. Bu haqda Norma.uz xabar bermoqda.

Hujjat Prezidentning 2.09.2017 yildagi PF-5177-son “Valyuta siyosatini liberallaştiriş böyiça birinçi navbatdagi çora-tadbirlar töğrisida”gi farmoni ijrosi yuzasidan qabul qilindi. 

Nizom bilan Özbekiston hududida xorijiy valyutada hisob-kitoblar va tölovlarni amalga oşiriş paytida naqd xorijiy valyutani qabul qilişning yangilangan tartibi belgilandi.

Endilikda naqd xorijiy valyutani quyidagi holatlarda:

•  aviakompaniyalar va ularning agentlari tomonidan sotiladigan aviaçiptalar;
•  bojxona yiğimlari;
•  xorijiy hamkorlarning Özbekiston fuqarolari tomonidan mahalliy turistik operatorlar orqali körsatiladigan turistik xizmatlar;
•  kiçik biznes korxonalari tomonidan özi işlab çiqargan eksport qilinadigan tovarlar (işlar, xizmatlar);
•  ekspeditor, taşuvçi va kirakaş (fraxtçi) tomonidan jismoniy şaxslarga olib çiqiladigan yoki olib kiriladigan yuk tranziti, taşilişi bilan boğliq xizmatlar körsatiş paytida taşiş va charter (fraxt);
•  xorijiy valyutadagi bank operatsiyalari böyiça vositaçilik haqini tölaşda;
•  mehmonxonalarda va boşqa joylaştiriş joylarida xorijiy fuqarolarga hamda respublikada doimiy turar joyiga ega bölmagan, fuqaroligi bölmagan şaxslarga, joylaştiriş böyiça körsatiladigan xizmatlar uçun tölovga qabul qilişga yöl qöyilmaydi.
 
Quyidagi operatsiyalarni ilgarigidek xorijiy valyutada amalga oşirişga yöl qöyiladi:

•  kreditlar böyiça muddatli va keçiktirilgan qarzlarni hamda ular böyiça xorijiy valyutadagi foizlarni söndiriş;
•  yuridik şaxslarning ustav fondiga badal tölaşda;
•  banklarda omonatlarga pul mablağlarini kiritişda;
•  xayriya maqsadlarida amalga oşiriladigan pul mablağlarini kiritişda;