Qirğizistondagi «Demokratiya va fuqarolik jamiyati uçun koalitsiya» jamoat taşkiloti 10-18 noyabr kuni aholining yangi prezidentga nisbatan kayfiyatini biliş maqsadida umummilliy ijtimoiy sörov ötkazdi.
Hisobotga köra, Qirğiziston fuqarolarining 26,8 foizi Sooronbay Jeenbekovning prezident lavozimiga kelişi bilan heç qanday jiddiy özgarişlar yuz bermasligiga işonç bildirişgan.
39,7 foiz respondentlarning fikriça, mamlakat 2017 yilning 1 dekabridan söng tez rivojlana boşlaydi, Jeenbekov bu sanada davlat rahbari maqomida lavozimlarini bajarişga kirişadi.
Aholining ijobiy kayfiyati sentabr oyida, saylovlardan avval ötkazilgan sörov natijalari bilan taqqoslaganda ança tuşib ketgan.
«Sentyabr sörovida respondentlarning 57,6 foizi yangi prezident saylanganidan söng mamlakatda yaxşi özgarişlar bölişiga işonişgan. Bu borada nimanidir özgarişiga işonmaganlar esa 12,5 foizi edi», - deyiladi hisobotda.

















