Misrda ikkita dron yordamida masjiddagi teraktga aloqador bölgan jangarilar yöq qilindilar. Bu haqda Misr xavfsizlik xizmatlaridagi manbaga iqtibos keltirgan holda SkyNews Arabia telekanali xabar bermoqda.
Umumiy holda Sinay yarimorolidagi teraktga aloqador bölgan 15 jangari yöq qilingan.
Ma'lum qilinişiça, dronlar terakt sodir etilgan joy yaqinidagi çölda jangarilar bölgan ikkita yöltanlamasga raketa zarbalari bergan.
24 noyabrda Al-Ariş şahridan 40 km uzoqlikdagi Bir-al-Abd qişloğidagi ar-Raud masjidiga juma namozi vaqtida jangarilar hujum qildi. Ular masjid içida namoz vaqtida bomba portlatgandan keyin, u yerdan sarosimada yugurib çiqayotgan odamlarni öqqa tuta boşlaşgan. Jangarilar voqea joyiga yetib kelgan tez tibbiy yordam maşinalarini ham öqqa tutgan.
Oxirgi ma'lumotlarga köra, terakt oqibatida 235 kişi halok bölgan, 130 kişi yaralangan.
Xavfsizlik xizmatlari voqea joyiga olib boruvçi barça yöllarni tösişgan, terrorçilarni qidirişga harbiylar qöşilgan.
Misr prezidenti Abdul Fattoh as-Sisiy teraktga aloqadorlar “tez va qat'iy jazo” olişlarini aytgan. “Bu jinoyatda iştirok etgan, kömak bergan, qöllab-quvvatlagan va moliyalaştirgan yoki gij-gijlagan barçaga adolat qöli yetib boradi”, deb aytgan Sisiy.
Terakt qurbonlari xotirasiga mamlakatda 3 kunlik motam e'lon qilindi.

















