Misr harbiy-havo kuçlari Sinay yarimorolidagi Ar-Raud masjididagi teraktga aloqador bölgan jangarilarning transport vositalari va ularga tegişli qurol-aslaha va öq-dori omborlarini yöq qildi. Bu haqda Misr qurolli kuçlari vakili Tamer Rifaiyga iqtibos keltirgan holda Al Arabiya telekanali xabar bermoqda.
24 noyabrda Şimoliy Sinay viloyatidagi Bir-al-Obod qişloğida joylaşgan ar-Raud masjidiga juma namozi vaqtida hujum qilindi. Terrorçilar masjid içida bombani portlatgaç, u yerdan sarosimada yugurib çiqayotgan odamlarni öqqa tutganlar. Hujum oqibatida oxirgi ma'lumotlarga köra, 235 kişi halok bölgan, 130 dan köproq kişi jarohat olgan.
“Masjiddagi teraktga aloqador bölgan terrorçilar ta'qib qilinişi vaqtida harbiy-havo kuçlari şafqatsiz teraktda qöllangan bir neçta transport vositalarini yöq qildi”, deb aytgan Rifaiy.
Şuningdek, Sinay yarimorolining markazidagi Ar-Risan qişloğida ötkazilgan reyd davomida xavfsizlik kuçlari teraktga aloqador 30 jangarini yöq qilganlar.
Telekanalning ta'kidlaşiça, teraktdan keyin Misr va Ğazo sektori çegarasida joylaşgan Rafah şahridagi nazorat-ötkaziş punkti yopib qöyilgan.
SkyNews Arabia telekanali ma'lumotlariga köra, maxsus kuçlar hujumga tayyorgarlik körilgan ekstremistlar maşğulot lagerlarini qidirişmoqda.
“Jafokaşlar uçun öç” deb nomlangan operatsiya teraktdan bir neça soat ötib Sinay şimoli va markazida boşlangan. Misr prezidenti va boş qömondoni Abdul Fattoh as-Sisiy buyruğiga köra, terrorçilarni ta'qib qilişga politsiya va armiya bölinmalari jalb qilingan. Operatsiya mamlakat qurolli kuçlari, harbiy-havo kuçlari va içki işlar vazirligining umumiy qömondonligi nazoratida ötkazilmoqda.

















