Özbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi «Turistik xizmatlarni sertifikatlaştiriş markazi» Davlat unitar korxonasi tomonidan yangi davlat standarti —  Oʻz DSt 3220:2017 «Turistik xizmatlar. Joylaştiriş vositalari. Umumiy talablar» işlab çiqildi, deb xabar bermoqda Uzbektourism.uz.

2018 yil 1 yanvardan e'tiboran rasman kuçga kiradigan qoidalarga köra har bir mehmonxonada diniy kitoblar, jumladan, musulmonlar uçun Qur'oni karim va ibodat qiliş uçun joynamoz (xonalarning kamida 10 foizida) va Makka yönalişi (qibla) ni körsatuvçi belgi (xonalarning eng kamida 30 foizida) bölişi şart etib belgilangan.