Misrning Şimoliy Sinay hududidagi masjidga juma kuni hujum uyuştirgan qurollangan jinoyatçilar eşiklar va derazalar orqali öt oçib, 300 dan ortiq musulmonni öldirar ekan, IŞID bayroğini silkitgan. Mamlakat rasmiylari şu haqda bayonot berişdi.
Ammo, hozirça, biror terrorçi guruh mazkur jinoyat uçun javobgarlikni öz zimmasiga olgani yöq. Misr kuçlari Suriya va Iroqda jiddiy qarşilikka duç kelganidan söng, bu mintaqaga köçgan IŞID kuçlariga qarşi kuraş olib bormoqda.
Misrning yangi tarixidagi eng qonli terrorçilik xurujidan söng, mamlakat prezidenti Abdul Fattoh As Sisi barça masjidlar va asosiy bino-inşootlarda xavfsizlikni kuçaytirişga körsatma berib, mamlakatda 3 kunlik motam e'lon qilgan edi.
MENA davlat agentligi qurbonlar soni 305 kişiga yetganini ma'lum qildi. Ulardan 27 nafari bolalardir, 128 odam yaralangan.
Mazkur jinoyatni tergov qilayotgan prokurorning yaralanganlar bilan ötkazgan suhbatidan söng ma'lum qilişiça, IŞID a'zolari Al Ariş şahri ğarbidagi Al Ravda masjidining eşigi va 12 ta derazasidan masjid içidagilarni öqqa tutgan.

















