Qirğiziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov sobiq davlat rahbari Almazbek Atamboyevga Qirğiz respublikasi qahramoni unvonini beriş töğrisidagi farmonni imzoladi. Farmonda qayd etilişiça, uşbu unvon Atamboyevning xalq oldidagi xizmatlari, mamlakat mustaqilligini mustahkamlaşga qöşgan hissasi, siyosiy iroda va jasurligi uçun taqdim etilmoqda. 

«Qirğiz Respublikasi Prezidenti Sooronbay Jeenbekov imzolagan farmonga muvofiq, Atamboyev Almazbek Şarşenoviçga «Qirğiz Respublikasining Botiri» unvonining oli darajasi «Ak Şumkar» mukofotini taqdim etiş bilan birga beriladi», — deyiladi mamlakat prezidenti saytida. 

Eslatib ötamiz, 24 noyabr kuni Jeenbekov tantanali qasamyod qilib, davlat rahbari lavozimiga kirişgan edi.