Zimbabvening sobiq prezidenti Robert Mugabe qişloqda yangi hayot boşlab, fermerlik bilan şuğullanmoqçi. Bu haqda “Frans Press” axborot agentligiga sobiq prezidentning qarindoşi Leo Mugabe ma'lum qildi.
“U bilan hammasi joyida. Men u bilan körişdim, u ança quvnoq. U yangi hayotni, kişloq xöjaligi bilan şuğullanişni va qişloqdagi uyda yaşaşni intiqlik bilan kutmoqda”, deb aytgan Leo Mugabe.
Uning aytişiça, Mugabening rafiqasi Greys u bilan birga. Greys Mugabe turmuş örtoği nomidagi universitetni quriş rejasi ustidagi işlarni davom ettirmoqçi. Leo Mugabe Zimbabve hukumati sobiq prezident bilan uning iste'fosidan keyin unga 10 mln. dollar tölab beriş haqida kelişuv tuzgani haqidagi axborotga izoh berişni istamadi.
Avvalroq OAVda Mugabe göyoki prezidentlik lavozimidan ketişi böyiça kelişuv imzolagani ma'lum qilingandi. Kelişuvga köra, Mugabe va uning rafiqasiga huquqiy daxlsizlik va 10 mln dollar berilişi hamda oyiga 150 ming dollarlik pensiya tayinlanişi közda tutilgan.

















