Örta Yer dengizida afrikalik muhojirlarga akulalar hujum qilişi oqibatida 31 kişi halok böldi va 40 kişi bedarak yöqoldi. Bu haqda The Daily Mail Liviya harbiy-dengiz kuçlaridagi manbasiga asoslanib xabar tarqatgan.

Uşbu hodisa 25 noyabr kuni Liviya qirğoqlaridan uzoq bölmagan hududda sodir bölgan. Somali, Gana, Nigeriya va Efiopiyadan bölgan 200 nafardan ortiq muhojir Örta Yer dengizini ikki qayiqda keçib ötib, Italiyaga yetib olmoqçi edi. Lekin qayiqlardan biri çöka boşlagan, şu vaqtda hududda akulalar paydo bölgan.

Voqea joyiga Liviya sohil qöriqçilari xizmati yetib kelgan. Ular suvda «önlab» jasadlarni topişgan, hududda 4-5 akula suzib yurgandi. Jasadlarda akulalarning tişlari izlari körinib turgan.

Qutqaruvçilar 5 soat davomida bedarak ketganlarni izlaşi befoyda böldi. Ikkinçi qayiqdagi 140 kişi Tripolidagi harbiy bazaga qaytarilgan.

Xalqaro migratsiya taşkiloti ma'lumotiga köra, 2017 yilning yanvaridan iyuliga qadar Örta Yer dengizi orqali Yevropaga turli mamlakatlardan 103 ming migrant suzib ötgan. 2,3 ming kişi dengizda halok bölgan.