Qozoğiston davlat rahbari matbuot xizmatining ma'lum qilişiça, Nursulton Nazarboyev özining Belorussiyaga taşrifi çoğida Kollektiv xavfsizlik şartnomasi taşkiloti – KXŞT kollektiv xavfsizlik Kengaşining yubiley sessiyasida iştirok etadi. Bundan taşqari Qozoğiston-Belorussiya biznes-forumi hamda boşqa anjumanlarda qatnaşadi.

KXŞT kollektiv xavfsizlik Kengaşining sessiyasi 30 noyabrda Minskda bölib ötadi. Unda Armaniston, Belorussiya, Qozoğiston, Qirğiziston, Rossiya va Tojikiston rahbarlari xalqaro maydondagi vaziyatning rivojlaniş tendensiyalari va kollektiv xavfsizlikni mustahkamlaş çoralarini muhokama qilişadi. 

"2017-2018 yillarda KXŞT raisligi Qozoğistonga ötişini inobatga olsak, mamlakat prezidenti Nursulton Nazarboyev taşkilot Kengaşiga Qozoğistonning raislik vaqtidagi rejalarini taqdim etadi", — deyiladi xabarda. 

Qozoğiston prezidenti, şuningdek, özining Minskka ikki kunlik taşrifi doirasida Belorussiya yetakçisi Aleksandr Lukaşenko bilan ham uçraşadi.
 
Belorussiya prezidenti matbuot xizmatiga köra, Lukaşenko Nazarboyev bilan 29 noyabrda muzokaralar ötkazadi. Mustaqillik saroyidagi muzokaralar tor va kengaytirilgan doirasida taşkil etiladi.