Özbekiston Prezidentining 27 noyabr kungi qarori bilan Vazirlar Mahkamasi tarkibiga özgarişlar kiritildi. Unga köra, hukumat tarkibida Ta'lim, soğliqni saqlaş, ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qiliş, jismoniy madaniyat va sport masalalari kompleksi ham taşkil etilgan. Bu kompleks şu vaqtgaça boş vazir tasarrufida bölgan Soğliqni saqlaş, ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qiliş, jismoniy tarbiya va sport masalalari axborot-tahlil departamenti hamda Madaniyat, san'at va turizmni rivojlantiriş masalalari axborot-tahlil departamenti örnida yuzaga keldi.
Endilikda bu ikki kompleks rahbarlari ham boş vazir örinbosarlari hisoblanişadi. Şu tariqa, boş vazir örinbosarlari soni 8 nafarga yetdi.
Kun.uz manbasi bergan xabarga köra, Ta'lim, soğliqni saqlaş, ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qiliş, jismoniy madaniyat va sport masalalari kompleksiga Hisob palatasi raisi örinbosari bölib işlagan Qahramon Akmalov rahbar etib tayinlandi.
Bundan avvalroq yangi taşkil etilgan Investitsiyalar, innovatsion rivojlantiriş, erkin iqtisodiy zonalar va kiçik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlaştiriş, turizm masalalari böyiça kompleksga Milliy bankning endilikda sobiq rahbari Suxrob Xolmuradov rahbar bölgani haqida xabar qilingandi.












