Qozoğiston prezidenti Nursulton Nazarboyev Qirğiziston rahbari Sooronbay Jeenbekov bilan uçraşdi. Siyosatçilar Kollektiv Xavfsizlik Şartnomasi Taşkilotining (KXŞT/ODKB) Minskda bölib ötgan sammiti vaqtida uçraşgan.

24.kg tarqatgan xabarga köra, prezidentlar ikki tomonlama munosabatlarning istiqbollari, xususan, çegaradagi vaziyat bilan boğliq masalalarini muhokama qilişgan. Qozoğiston prezidenti Nursulton Nazarboyev barçaga çegaradagi vaziyat ma'lumligi haqida gapirgan.

«Şuning uçun biz şunday qarorga keldik: hukumatlarimiz tomonidan tuzilgan yöl xaritasi bor, biz uni yana qayta körib çiqamiz. Ikki davlat işçi guruhlari buni muhokama etişadi va bu yöl xaritasini imzolaşadi», - degan Nursulton Nazarboyev. 

U Qozoğiston ham, Qirğiziston ham çegarada nazorat örnatişini qayd etib ötgan. Şuningdek, YeII vakillari yuklar ötkazilişini nazorat qiladi. 

Xuddi şunday tekşiruvlar Xitoy bilan çegarada ham ötkaziladi. Nursulton Nazarboyevning ma'lum qilişiça, u Sooronbay Jeenbekovni öz mamlakatiga taklif etgan.

«Biz mavjud masalalar böyiça gaplaşdik va bir töxtamga keldik. Ikki davlat hukumati dekabr oyi mobaynida özaro munosabatlardagi masalalar böyiça yöl xaritasining yakuniy körinişini işlab çiqişi zarur. Şunda köplab muammolar hal etiladi. Çegaralar bu yöl xaritasi imzolanişidan avvalroq ham oçiladi. Ikki tomonlama hamkorlik böyiça barça vazifalar va masalalar kelişilgan muddatda hal etiladi», - deya qayd etgan öz navbatida Sooronbay Jeenbekov.

Qayd etiş kerakki, ikki davlat örtasidagi munosabatlar şu yilning oktabrida yomonlaşdi, 10 oktabr kuni çegaradagi vaziyat keskinlaşdi. Qozoğiston  fitosanitar nazoratni kuçaytirdi. Bunga Qirğizistonning avvalgi prezidenti Almazbek Atamboyev ketişidan oldin mamlakati blokada tuşişiga sabab böluvçi ayrim qadamlarni taşlagani sabab bölgandi. U Qozoğiston rahbariyatiga, xususan, Nursulton Nazarboyevga qator ayblovlar qöygandi. Hozirga qadar ham har kuni yuzlab yuk taşiş maşinalari çegarada uşlanib qolmoqda.