30 noyabr kuni Reddit saytida noodatiy gif-lavha e'lon qilindi. Unda sigirlar podasi kanada kazarkasiga (yovvoyi g‘oz turi) hujum qilishga uringanini ko‘rish mumkin. Hayvonlar qushga birin-ketin yaqinlashgan va uni qo‘rqitishga harakat qilishgan, biroq yovvoyi g‘oz bunga e'tibor ham bermadi.
Odatda, agarda yovvoyi g‘ozning bu turiga qandaydir tahdid paydo bo‘lsa, u o‘zini o‘ta tajovuzkor tutadi. Qush shahar muhitida hattoki yosh bola yoki itga ham hujum qilishi mumkin.














