Afğonistonning Mozori-Şarif şahrida 30 noyabr kuni «Öztreyd Mozori-Şarif» MÇJ bazasida «Öztreyd» AJ şou-rumining oçiliş marosimi bölib ötdi. U yerda Özbekistonda işlab çiqarilgan mahsulotlarning katta nomenklaturasi taqdim etiladi. Bu haqda «Öztreyd» SU axborot xizmati xabar berdi.
Özbekiston-Afğoniston savdo-iqtisodiy hamkorligini yanada rivojlantiriş, şuningdek, eksport qilinayotgan mahsulot hajmini oşiriş va nomenklaturasini kengaytiriş maqsadida özbekistonlik işlab çiqaruvçilarning peçene, şokolad konfetlari, jyemlar, yonğoqli şokolad pastalar, töyingan şarbatlar, antiseptik gellar, gilamlar va gilam mahsulotlari, hamda boşqa talabgir mahsulotlarini yetkazib berişni ta'minlaş rejalaştirilmoqda.
Bugungi kunda, «Öztreyd» kompaniyasi tomonidan afğonistonlik şeriklar bilan 29,0 million dollardan ortiq miqdorda şartnomalar imzolangan. Uşbu şartnomalar böyiça 17,5 million dollarlik buğdoy, 16 ming dollarlik sement, 2 ming dollarlik polipropilen qoplari yuklab jönatildi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Afğoniston prezidenti Aşraf Ğaniy Özbekistonga rasmiy taşrif bilan 4 dekabr kuni kelişi ma'lum qilingandi. Bu haqda Afğonistonning respublikadagi elçixonasidan xabar berişgan. Elçixona ma'lumotlariga köra, taşrif doirasida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantiriş masalalarini muhokama qiliş rejalaştirilmoqda.













