Avval qutqaruvchilarni faqat telefon orqali chaqirtirish mumkin bo‘lgan.
“Favqulodda matnli xabarlarni qo‘llash birinchi navbatda gapira olmaydigan va eshitmaydigan odamlar uchun mo‘ljallangan. Favqulodda vaziyatlarda agar imkoni bo‘lsa, har doim 112’ga qo‘ng‘iroq qiling”, deyilgan xabarda.
Sms-xabarni Finlyandiya mobil operatorining istalgan abonenti davlat xizmatlari portalida ro‘yxatdan o‘tgandan keyin yubora olish mumkin.
Yangi tartib faqatgina sms-xabarlarga taalluqli va internet-messenjerlarga qo‘llanmaydi. Ushbu funksiyadan sim-kartasiz telefonda foydalanib bo‘lmaydi, xorijdan xabarlar qabul qilinmaydi.










