Samsung akkumulyator texnologiyalaridagi yangi yutuq haqida e'lon qildi: yangi işlanma siğimni ikki karra köpaytirib (ölçamlar özgarişsiz qoladi), zaryadlaş vaqtini beş barobarga qisqartiradi. Bir vaqtning özida Tesla tomonidan Avstraliyada dunyodagi eng katta akkumulyator işga tuşirildi. "Meduza" batareyalar olamida nimalar röy berayotgani, qanday yangiliklar kuzatilayotgani haqida söz yuritdi.
Yarim asrlik barqarorlik
XIX asr örtasida ixtiro qilingan qörğoşin-kislotali batareyalar eng maşhur batareyalardan biri bölib qolmoqda. Bunga ularning juda oddiy va arzonligi sababdir - ularning işlaşi uçun ikki qörğoşinli plastina va oltingugurt kislotasi kerak böladi. Hatto muqobil akkumulyatorlar paydo bölganidan keyin ham, hamma yerda avtomobillar kapoti ostida va energiya saqlaş tizimlarida - qörğoşinli akkumulyatorlar. Masalan, qörğoşinli akkumulyatorlarning yarmini işlab çiqaruvçi Xitoyda.
Qörğoşinli akkumulyator telefonga siğmaydi
Barça portativ gadjyet va kompyuterlar kiçik va yengil akkumulyatorlar yordamida işga tuşiriladi. Bular asosan 1990-yillarda paydo böla boşlagan litiy-ion batareyalaridir. Qörğoşinli akkumulyatorlar yarim asrdan beri rivojlanib kelayotgan bölişiga qaramay, litiy batareyalari xuddi şu siğimda beş karra kiçik va tört barobar yengil böla oladi. Litiy-ion batareyalarining asosiy muammosi - ularning narxida, ular 3-5 barobar qimmat. Şunday bölsa-da, Bloomberg tahlilçilarining taxminlariga köra, 2030 yilga borib, litiy akkumulyatorning kilovatt/soat narxi 100 dollardan pasayadi, bu esa deyarli qörğoşinli batareya narxiga yaqin.
Butun bir şaharlar akkumulyatorlar bilan jihozlanadi
30 noyabr kuni Tesla Avstraliyaning Jyeymstaunida özining Powerpack majmuini işga tuşirdi. Bu 1,5 tonnali litiy akkumulyatorlar bölgan 600 şkaf - dunyodagi eng katta batareyadir. Uning quvvati 1 soat davomida 30 ming uyni ta'minlaşga yetadi. Biroq Powerpack'ning asosiy vazifasi bunda emas - u ortiqça energiyani saqlab qolib, keyin tirband yuklamarda yordam berişida.
Baribir kutişga töğri keladi
Har qanday akkumulyatorlarning asosiy muammolaridan biri - ularni uzoq vaqt zaryadlaş zaruratida, ayniqsa töliq batareyaga ega bölişni istaganimizda. Hatto Tesla'ning tezkor zaryad stansiyalari ham 1,5 soatdagina töliq zaryad bilan ta'minlaydi (yarim zaryad - 20 daqiqada).
Samsung bu muammoni hal qilişga va'da bermoqda, tadqiqotlar natijasiga köra, kompaniyada har qanday litiy batareyani atigi 12 daqiqada töliq zaryadlaş usuli topilgan! Olimlar akkumulyatorlar elektrodlariga krafen pufakçalar kiritişni taklif qilişdi. Bunday usul tezkor zaryad bilan birga akkumulyator siğimini ikki barobarga oşirişi kerak.

















