2 dekabr, şanba kuni Ostonada Qozoğiston boş vazirining birinçi örinbosari Asqar Mamin va Qirğiziston boş vaziri örinbosari Tölqinbek Abdigulov ikki tomonlama iqtisodiy hamkorlik masalalari böyiça Yöl xaritasini imzolandi.

3 dekabr kunidan Qozoğiston çegaraçilari Qirğiziston bilan çegarani qöriqlaşning odatiy variantiga qaytdi.

«Yöl xaritasi imzolanişi yakunlari böyiça tomonlar joriy yil 3 dekabrdan boşlab Qozoğiston çegara xizmati ikki davlat çegarasining barça ötkaziş punktlarida qöriqlaşning kuçaytirilgan körinişidan odatiy variantiga ötişi töğrisida kelişib oldi», — deyilgan xabarda.

30 noyabr kuni ikki davlat prezidentlari Nursulton Nazarboyev va Sooronbay Jeenbekov Minskdagi uçraşuv yakunlariga köra Yöl xaritasi böyiça kelişuvga erişgani hamda ikki mamlakat örtasidagi muammolar endi barham topişi haqida ma'lum qilingandi. Uşbu kelişuvga köra çegaradagi kuçaytirilgan nazorat bekor qilinişi közda tutilgandi. Çegaradagi vaziyatni ikki davlat vakillari kuzatib borişadi.

Ikki davlat örtasidagi munosabatlar şu yilning oktabrida yomonlaşdi, 10 oktabr kuni çegaradagi vaziyat keskinlaşdi. Qozoğiston  fitosanitar nazoratni kuçaytirdi. Bunga Qirğizistonning avvalgi prezidenti Almazbek Atamboyev ketişidan oldin mamlakati blokada tuşişiga sabab böluvçi ayrim qadamlarni taşlagani sabab bölgandi. U Qozoğiston rahbariyatiga, xususan, Nursulton Nazarboyevga qator ayblovlar qöygandi. Hozirga qadar ham har kuni yuzlab yuk taşiş maşinalari çegarada uşlanib qolayotgandi.