Nomutanosiblik

Ötgan yili meni sport jurnalisti sifatida «Navbahor» jamoasi va muxlislar uçraşuviga taklif qilişgandi. Birorta yopiq zalda bölib ötsa kerak degan fikr bilan Namanganga bordim. Mezbonlar meni töğri stadionga yetaklaşganidan taajjublandim. Uçraşuvga ellik-oltmiş çoğli odam kelsa kerak deb adaşibman. Markaziy stadionning törtta sektori işqibozlar bilan töla edi. 3 mingga yaqin odam töplanibdi. Futbol işqibozi stadionga futbol körgani kelar edi. Yöq unday emas... Muxlislarni öz jamoasining taşvişlari ham qiziqtirar ekan.

Viloyat hokimligi, turli taşkilotlar vakillari, jamoa boş murabbiyi kirib kelganida işqibozlar ularni qarsaklar bilan kutib olişdi. Ikki soat davomida mutasaddilar va jamoa murabbiyi sodiq işqibozlarning savollariga javob berib turgani guvohi bölganman.

Endi, ötgan hafta Andijonda bölib ötgan voqeaga töxtalsam. Aşaddiy futbol muxlislari meni şahar çetidagi mini-stadionda bölib ötadigan futbol uçraşuviga çaqirişdi. Ensam qotganiça: «Mayli şu yigitlarning sazasi ölmasin» deb keçki soat 19:00da bölib ötadigan öyinga yöl oldim. Işonmasligingiz mumkin, lekin tomoşabinlar uçun heç qanday şaroit yaratilmagan mini-stadion atrofi işqibozga tölib ketibdi. Keyin suriştirsam, haftaning har payşanba kuni Andijon, Namangan va Farğonaning havaskor jamoalari şu yerda kuç sinaşar ekan. Jamoalarning nomlari ham oddiy - «Balon bozor», «Yortöla», «Omad», «Gumbaz». Muxlislar: «Bugun falon jamoada «Aqiy» tuşadi, narigisida esa «Jyemba» bor» deya öyindan bir soat oldin kelib, bahsni kutişdi. Qarangki, işqibozlar oddiygina mahalla yigitlardan tuzilgan jamoalardagi futbolçilardan qahramonlar yasab ham olibdi. Öşa kuni uçta öyin bölişi kerak edi. Uçinçisi oxiriga yetmadi. Sababi, içki işlar xodimlari kelib, tamoşabinlar ketişini söradi. Ular haq edi. Çunki, 100 kişidan köp odam yiğilgan tadbir – ommaviy tadbir hisoblanadi. Bunday tadbirni ötkaziş uçun esa alohida ruxsat oliş kerak.