Kale - Turkiyaning dunyoga mashhur, zamonaviy keramik kafellar va santexnika mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi yirik kompaniya bo‘lib, unga 1957 yilda Ibrohim Bodur tomonidan asos solingan.  

2 dekabr kuni Toshkent shahrida Kale kompaniyasining O‘zbekistondagi filialini tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda mehmonlar kompaniya haqida maxsus taqdimotni tomosha qilib, Kale Gallery shourumining ochilishiga guvoh bo‘lishdi.

Kale xoldingi xalqaro miqyosdagi korporatsiya bo‘lib, Yevropada ishlab chiqariladigan keramik plitalar bo‘yicha uchinchi “Eng yirik kompaniya” deb e'tirof etilgan.

Bugungi kunda xolding tarkibida 17 kompaniya mavjud bo‘lib, ularda 5 mingdan ortiq xodimlar faoliyat olib boradi. Kale Group o‘z mahsulotlarini dunyoning 100dan ortiq mamlakatlariga eksport qiladi.

Kale mahsulotlarining sifati va afzalligi:

  • Mahsulotlarning yengil vazni qurilish maydonidagi ishlarni osonlashtiradi;
  • Kale sinterfleks antibakterial xususiyatlarga ega bo‘lib, shifoxona va bolalar uchun mo‘ljallangan obektlar loyihasida ishlatish mumkin;
  • Tashqi muhitda ular yomg‘ir va quyosh bilan birgalikda o‘z-o‘zini tozalash xususiyatiga ega;
  • Mahsulotlarga dizayner didiga moslab, har qanday  ishlov berish mumkin;
  • Kale ekologik toza mahsulotlar qatorida eng muqobil tanlov sanaladi.