Fast and Easy o‘quv markazi haqida o‘nlab maqolalar chiqarilgan va ushbu ta’lim dargohi ko‘pchilikka yaqindan tanish. Bunga sabab esa o‘quv markazi va’da qilgan bilimlarini bera olgani va o‘quvchilarining natijalarni kafolatlab, amalda ularga erishgani hisoblanadi.

Ota-onalar va ularning farzandlari tomonidan bildirilgan ishonch tufayli, Fast and Easy o‘quv markazi nafaqat ta’lim berish sifatini oshirmoqda, balki o‘z maydonini ham kengaytirmoqda.

Tez o‘sib borayotgan talabni inobatga olib, Fast and Easy o‘quv markazi Toshkent shahridagi «Buyuk ipak yo‘li» metro bekati yaqinida joylashgan 148-maktab bilan hamkorlikda yangi tayyorlov guruhlari tashkil qildi.

Foto: Fast and Easy

Hozirda 300dan ortiq o‘quvchi Fast and Easy’ning ushbu bo‘limida tahsil olmoqda. Agar o‘zingiz yoki farzandlaringiz uchun ingliz tili o‘rganish va IELTS imtihonlariga tayyorlanish uchun ishonchli o‘quv markazi izlayotgan bo‘lsangiz, bu shubhasiz Fast and Easy! Chunki:

  • Chet el universitetida o‘qishni yoki xorij kompaniyasida ishlashni xohlaganlar uchun maxsus IELTS kurslarini ishlab chiqqanmiz;

  • Ta’lim berish bilan, yoshlarga kelajak yo‘li chizmasini taqdim etamiz. Masalan, bizda ta’lim olgan abituriyentlar 4-5 ta universitetga hujjat topshirib, talaba bo‘lishgan yoki IELTS sertifikatini qo‘lga kiritib, nufuzli xalqaro va mahalliy tashkilotlarda faoliyat olib borishmoqda;

  • Har xil zamonaviy texnologiyalar, dars o‘tish metodlaridan foydalanamiz va ularni ishlab chiqamiz