Köksaroyda Afğoniston Islom Respublikasi prezidenti Muhammad Aşraf Ğanini rasmiy kutib oliş marosimi böldi.
Prezident matbuot xizmati xabariga köra, ikki mamlakatning davlat madhiyalari yangradi. Prezidentlar faxriy qorovul safi oldidan ötdilar.
Şundan söng Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyev va Afğoniston Islom Respublikasi prezidenti Aşraf Ğanining tor doiradagi muzokaralari boşlandi.
Muloqotda ikki mamlakat örtasidagi hamkorlikning dolzarb mavzulari körib çiqildi. Mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik masalalar, xususan, terrorizm, ekstremizm va narkotrafikka qarşi kuraşiş, Markaziy Osiyoda xavfsizlikni mustahkamlaş yuzasidan fikr almaşildi.
Qayd etilişiça, muzokaralar döstona va amaliy ruhda ötmoqda.

















