Hindistonlik mototsiklçi qarama-qarşi tomondan kelayotgan trasnport vositasi bilan töqnaşuvdan qoçiş maqsadida yöldan çiqib ketdi, biroq avtotrassani kengaytirişga möljallangan quriliş materiallariga kelib urildi. Erkak möjiza tufayli omon qoldi: sim çiviq uning böyniga sançilgan va oğiz böşliği orqali ötgan, deb xabar bermoqda The Sun.
35 yoşli Sureş yöl-transport hodisasiga uçraganidan söng yuz bergan voqeaga e'tiborsiz bölmagan haydovçilar tomonidan yaqin oradagi şifoxonaga olib ketildi. Jarrohlar sim çiviqni olib taşlaş böyiça murakkab amaliyotni ötkazişdi, hamda hozirda bemor Andxra-Pradeş ştatidagi öz uyida tiklanmoqda.

"YTHdan söng huşdan ketdim va şifoxonaga qanday kelib qolganimni ham tuşunmadim. Qarindoşlarimning aytişiça, meni yaxşi insonlar olib kelgan. Men hayotimni qutqarib qolgan barçaga minnatdorçilik izhor etaman. Şifokorlarning sözlariga köra, agarda nimadir sekinroq yuz berganida, men halok bölgan bölardim", - deydi Sureş.













