Özbekiston va Afğoniston prezidentlari muzokalari yakunida Termiz şahrida Afğonistonning konsulxonasini oçiş töğrisida kelişib olindi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Şuningdek, tomonlar örtasida «Mozori Şarif–Şibirğon–Maymana–Hirot» temir yölini barpo etiş böyiça bitim imzolangan.
«Taşrif doirasida umumiy qiymati yarim milliard dollarga teng buğdoy, qora metall prokati, mineral öğitlar, quriliş mollari, dukkakli va boşqa mahsulotlar eksporti böyiça kelişuvlar bu yölda katta qadam böladi», deyilgan xabarda.
«Özbekiston Afğonistonning yaqin qöşnisi sifatida bu jafokaş zaminda tinçlik-osoyiştalik barqaror bölişidan hammadan köra köproq manfaatdor ekanimizni yana bir bor ta'kidlayman», degan Özbekiston rahbari.

















