“Kaliyli öğitlar zavodiga qöriqçi qilib, işga joylab qöyamiz. Oylik – bir million ikki yuz... Ön beş kun – iş, ön beş kun – dam... Zör tanişlar bor. Xarajatidan qoçmasangiz böldi”...
Çoyxonada “bir piyola çoy” ustida “pişgan” bu maslahatdan söng Dilşod öylanib qoldi. Tasodifan tanişgan tanişlari Şarofiddin va Farhod köziga işonçli odamlar bölib körindi. Şarofiddinga işga kiriş uçun tayyorlab kelgan hujjatlarini uzatdi. Ammo ular aytgan “xarajat”ning miqdorini eşitib, çaynalib qoldi. “Hojatbaror”lar işga kiriş uçun 1500 AQŞ dollari uzatiş kerakligini aytişdi, deb yozadi “Huquq” gazetasi.
U hozirça yonida ikki yuz borligini aytgan edi, Farhod hujjatlarni unga qaytarib berdi. Heç bölmasa, oldindan yarmini beriş kerakligi, qolganini işlar yurişib ketganidan keyin bersa bölişini aytib, gapni qisqa qildi.
Dilşod uzoq öylandi. Oxiri bir qarorga keldi. Bojasi Şerali bilan birga yana çoyxonaga – “hojatbaror”larning oldiga oşiqdi. Hujjatlari bilan birga, ularning qöliga 700 AQŞ dollari berdi. Şarofiddin pulni olib, Farhodga uzatdi. Farhod esa salmoqlanganiça iş qirq kundan keyin hal bölişini aytdi.
Oradan bir oy ötdi. Yaxşigina işning şirin xayolida yurgan Dilşodga Şarofiddin yana 100 dollar kerakligini aytib qoldi. Dilşod uning talabini bajargaç, işlar qanday ketayotganini suriştirdi. Şarofiddin uning hujjatlari Toşkentga jönatilganini, hali javobi kelmaganini bildirdi.
Kunlar ketidan kunlar birin-ketin quvib ötaverdi. Ammo “hojatbaror yöriqçi”lardan darak bölmadi. Toqati toq bölgan Dilşod Şarofiddindan pullarini qaytarib berişni talab qildi. Biroq pullarining bir qismini qaytarib oliş uçun yetti oy ovora-yu sarson bölişiga töğri keldi. Şarofiddin esa unga 700 dollarni qaytarib, qolganini “olasan-da” qabilida özlaştirib yubordi.
Jinoyat işlari böyiça Muborak tuman sudida mazkur holatga oydinlik kiritildi. Koson tumanida yaşovçi, Qarşi tumanidagi “Diyorbek Uçqun” quriliş firmasida usta bölib işlayotgan Farhod Avazovning ustasi farang firibgar ekani öz isbotini topdi. Jinoyat kodeksining tegişli moddalari bilan unga eng kam oylik iş haqining 60 baravari miqdorida jarima jazosi tayinlandi.
Ha, “hojatbaror yöriqçi”larning firibgarliklari ana şu tariqa özlariga juda qimmatga tuşdi. Aftidan ularning özlariga firibgarlikning oxiri voy ekani haqida yöl-yöriq beradigan “yöriqçi” vaqtida topilmagan körinadi.
















