Qozoğistonda Xitoydan Qarağandaga qaytayotgan bir guruh ayollar yöl-patrul politsiyasini uçratmagunlarigaça çöl hududidagi qor bilan qoplangan trassa böylab özlari ketayotgan avtobusni 10 soat itarişlariga töğri keldi.

Qarağanda viloyati politsiya xizmati Facebook’dagi sahifasida ma'lum qilişiça, 3 dekarbda respublika miqyosidagi “Olmaota-Yekaterinburg” trassasining 760 kilometrida yöl-transport politsiyasining ikki xodimi atrofida ayollar va haydovçi kuyib-pişayotgan avtobusni payqaşgan. Aniqlanişiça, avtobusning dizel yoqilğisi sovuq tufayli muzlab qolgan.

Ma'lum bölişiça, avtobusda Xitoydan şop-turdan qaytayotgan 28 ayol bölgan. Ayollar 10 soatdan köproq sovuqda avtobusni itarişlariga töğri kelgan. Bu hodisaning yana bir ayançli tomoni şuki, ayollarning yonlaridan avtomobillarda ötib ketayotgan odamlardan yordam söraşlari javobsiz qolgan.

“Biz yölda ketayotgan avtomobillarni töxtatib, ayollarni uylariga jönatişni boşladik. Avtobusni olib ketiş uçun yuk maşinalarini töxtatdik. Ayollardan bir qismi Aqşataudagi isiniş punktiga jönatildilar”, deb eslamoqda voqeani yöl-patrul politsiyasi xodimlaridan biri.