O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 10 avgustdagi “Toshkent viloyatida kichik sanoat zonasini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ- 3194-sonli hamda Piskent tuman hokimining 2017 yil 17 avgustdagi 1563-sonli qaroriga asosan tashkil etilgan “Piskent kichik sanoat zonasi boshqarish direksiyasi” DUK direksiyaga tegishli bo‘lgan Piskent tuman “Kultepa” mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan sobiq “Piskent tuman MTP” AJning 4,71 gektar yer maydoni hamda bino inshootlariga tadbirkorlik sub'yektlarini ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish faoliyatini amalga oshirish uchun joylashtirishni tanlov asosida amalga oshirilishini ma'lum qiladi. Kichik sanoat zonasida 12 ta sanoat va xizmat ko‘rsatish sohasidagi loyihalar qabul qilinadi.
Kichik sanoat zonalari ishtirokchilari uchun belgilangan imtiyozlar (PQ-2973, 18.05.2017)
-KSZ hududidagi ishlab chiqarish maydonlari va yer uchastkalari tadbirkorlik sub'yektlariga uzoq muddatli 10 yillik ijaraga, keyinchalik biznez-rejani bajarish, ish o‘rinlari yaratish va saqlash, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni o‘z vaqtida to‘lash sharti bilan egalik qilish huquqini berish;
-KSZ hududida joylashgan davlat ko‘chmas mulkidan foydalanish uchun ijara to‘lovi “0” qiymatda;
- tashkil etilayotgan KSZda ishtirok etuvchi tashkilotlarni xo‘jalik yurituvchi sub'yektni KSZ hududida joylashtirish to‘g‘risida qaror qabul qilingan kundan e'tiboran, ikki yil muddatga yuridik shaxslarga solinadigan mulk solig‘i va foyda solig‘i, shuningdek, yagona soliq to‘lovidan (soliqqa tortishning soddalashtirilgan tizimini qo‘llayotgan sub'yektlar uchun) ozod qilinsin.
-Ushbu imtiyozlar KSZ ishtirokchilari tomonidan eng kam ish haqining 3000 baravaridan kam bo‘lmagan miqdorda investitsiya kiritilgandagina taqdim etiladi;
-KSZ ishtirokchisining yillik tushumi eng kam ish haqining 2000 baravaridan kam bo‘lsa, ushbu imtiyozlar bekor qilinadi, ularni tegishli hisobot yili uchun qonunchilikda belgilangan tartibda to‘lash majburiyati tiklanadi; ushbu imtiyozlarning amal qilish muddati ishlab chiqarilgan mahsulot umumiy hajmining kamida 30 foizi eksportga realizatsiya qilinganda yana ikki yilga uzaytiriladi.
Tanlovda qatnashish uchun talabgor yoki uning vakolatli vakili shaxsan yoxud pochta orqali tanlov to‘g‘risidagi xabarnomada belgilangan muddatda tanlovda qatnashish uchun quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda ikki nusxada buyurtmanoma taqdim etadi:

















