Tayvanning Taybey şahri aholisi 9 soat davomida osmonda kamalakni kuzatişdi. Bu haqda BBC xabar bermoqda.
Kamalak soat 06:57da paydo bölib, soat 15:55da körinmay qolgan va osmonda 8 soat 58 daqiqa turgan.
“4 soatdan keyin biz barçadan kamalakni suratga olişni va bizga jönatişni söradik”, deb aytmoqda şahardagi universitet professorlaridan biri. Umumiy hisobda kamalakning 10 mingdan ortiq surati olingan. Mutaxassislar uşbu holatni Ginnes rekordlar kitobida qayd qiliş uçun isbotlar töplaşmoqda.
Rekordlar kitobida 1994 yilda Buyuk Britaniyaning Yorkşir aholisi 6 soat davomida kamalakni kuzatgani rekord sifatida qayd qilingan.

















