Venture Beat dunyoning eng muvaffaqiyatli startaplari rivojlanayotgan şaharlarning yillik reytingini tuzdi. 2016 yilda Top-10dagi özgarişlar ilk önlikdagi örinlarning biroz almaşişi bilan çeklangan bölsa, 2017 yilda Berlin bu röyxatni tark etdi, Şanxay esa biryöla yettinçi pozitsiyada namoyon böldi. Törtinçi örinni Los-Anjyeles va Stokholm bölişib olişdi. Pekin esa yettinçi örindan ikkinçi poğonaga kötarildi va bu örinni Tel-Aviv bilan bölişdi.
Reytingni tuzişda 8 omil inobatga olingan: yangi startaplar ekotizimlarini moliyalaştiriş, muhandislik iste'dodi, faol mentoring, texnik infratuzilma, startaplarning umumiy madaniyati, qonunçilik va siyosiy infratuzilma, iqtisodiy fondlar, şuningdek startaplarni rivojlantirişga yönaltirilgan hukumat dasturlari. Şaharlar har bir punkt böyiça maksimal 10 ball töplaşi mumkin.
1. Kremniy vodiysi (77 ball);
2. Pekin (66 ball);
2. Tel-Aviv (66 ball);
4. Los-Anjyeles (65 ball);
4. Stokholm (65 ball);
6. Nyu-York (64 ball);
7. Şanxay (60 ball);
7. Seul (60 ball);
9. Boston (58 ball);
10. London (54 ball).
Top-10 röyxatiga kirmagan, biroq katta umid bağişlovçi davlatlar sifatida Parij, Singapur, Çikago va Şençjen qayd etilgan.
Özgarişlarning asosiy sababi Osiyo bozoridagi vençur investitsiyalar böldi. Ular birinçi marta 19,3 milliard dollarga yetib, AQŞni (18,4 milliard dollar) ortda qoldirişdi. Tendentsiya uçinçi çorakda ham davom etdi: eng yirik 10 vençur investitsiyaning oltitasi Osiyo startaplariga tegişli, bularning yarmi Xitoyda joylaşgan.
Osiyo nafaqat yangi texnologiyalar yaratmoqda, balki ularni barçadan tezroq muomalaga kiritmoqda.
Şunisi qiziqki, Xitoydagi qişloqlar aholisi Şanxay va Pekindagi odamlardan tezroq boylik orttiradi. Sönggi 40 yilda iqtisodiy bum Xitoy megapolislarini boyitdi, bu vaqtda esa mamlakatning katta qismi noçorligiça qolgan. Endi yangi texnologiyalar umumiy bozorni kengaytirib, şahar va qişloq örtasidagi tafovutni öçiriş imkonini bermoqda.













