IŞID terrorçilik taşkilotining Suriyadagi mağlubiyati jangarilarning öz mafkurasini internet orqali taşviqot qiliş imkoniyatini pasaytirmadi, deya ma'lum qilişdi Qöşma Ştatlar senatidagi Amerika razvedkasi vakillari va harbiy maslahatçilar. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.
«IŞIDning öz tarafdorlarini butun dunyo böylab topiş imkoniyatlari ijtimoiy tarmoqlarda ayniqsa yaqqol közga taşlanadi va bu işlarning kölami juda katta. Bu guruhga turli mamlakatlar içida köproq ekstremistlar soniga erişiş imkonini taqdim etadi», - deya ma'lum qildi AQŞ Milliy aksilterrorçilik markazidagi razvedka boşliği Lora Şayo.
Milliy xavfsizlik va davlat masalalari böyiça qömita vakili Ron Jonson bu bayonotga qöşildi, hamda «yangi xalifalik» endi kibermakonda joylaşgani haqida ma'lum qildi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Afğonistonda IŞID dala qömondoni qölga olingani, u özbek ekani ma'lum qilingani xabar berilgandi.












