Qirğizistonning Jogorku Keneşi deputat Asqarbek Şodiyev nomzodini Qirğiziston boş vaziri birinçi örinbosari lavozimiga ma'qulladi. Uşbu qaror parlamentning 6 dekabridagi yiğilişida qabul qilindi.       

Asqarbek Şodiyev “Bir Bol” fraksiyasidan xalq deputati hisoblanadi. U Qirğizistonda davlat işiga ötiş vaqtida özining deputatlik mandatini saqlab qolayotgan ilk deputat böldi. Bunga endilikda 1 dekabrda kuçga kirgan Qirğiziston konstitutsiyasiga tuzatmalar imkon beradi.

Tuzatmalarga köra, deputat parlament yiğilişlarida ovoz beriş huquqini saqlab qolgan holda boş vazir yoki uning birinçi örinbosari bölişi mumkin.       

Şodiyev yonilği-energetika majmuasini nazorat qiladi. U 2010-2012 yillarda Qirğiziston energetika vaziri sifatida faoliyat yuritgan.