Şimoliy Koreya Taşqi işlar vazirligi AQŞning Koreya yarim oroli yaqinidagi harbiy maşğulotlariga izoh berdi, deb xabar qilmoqda «Interfaks» Koreya Markaziy telegraf agentligi xabariga tayangan holda.
«Sönggi vaqtlarda, AQŞ Koreya yarim oroliga yaqin hududda KXDRga qarşi yönaltirilgan, tarixdagi eng yirik qöşma harbiy-havo maşqlarini ötkazayotgan bir vaqtda, amerikalik yuqori mansabli siyosatçilar jangovar kayfiyatdagi bayonotlarni birin-ketin bermoqda, bu xavotirni keltirib çiqaradi», - deya ma'lum qilişgan KXDR TIVdan.
Vazirlikdan ta'kidlaşlariça, uruşni xohlaşmaydi, biroq «undan qoçmaydilar ham».
«Bu duşmanlik kayfiyatidagi, jangovar xarakterga ega bayonotlar şundan dalolat beradi va ogohlantiradiki, biz Koreya yarim orolidagi uruşga tayyorgarlik körişimiz kerak», - deya ma'lum qilişgan taşqi siyosat idorasidan.
KXDR diplomatlarining ta'kidlaşiça, «hozir bitta savol öz javobini kutmoqda: qaçon uruş boşlanadi».
Avvalroq, AQŞ va Janubiy Koreya KXDRga ogohlantiruvçi zarba beriş böyiça maşğulotlar olib borayotgani xabar berilgandi.

















