AQŞ KXDR bilan töğridan-töğri muzokaralarga tayyor, faqat bu agarda Pxenyan yadro qurolidan xoli hududni yaratiş jarayonini boşlasagina röy beradi. Bu haqda AQŞ Davlat departamentining rasmiy vakili Hezer Nauert ma'lum qildi, deb xabar bermoqda Reuters.
«Şimoliy Koreya bilan töğridan-töğri muzokaralar masalasi, ular yadro qurolidan xoli hududni yaratiş jarayonini boşlamagunga qadar körib çiqilmaydi. KXDR ballistik raketalarni uçirişda davom etib, muzokaralar va jiddiy munozaralarga heç qanday qiziqiş bildirayotgani yöq», - deya aytib ötdi u.
Eslatib ötamiz, avvalroq Şimoliy Koreya Taşqi işlar vazirligi AQŞning Koreya yarim oroli yaqinidagi harbiy maşğulotlariga izoh berdi. Vazirlikdan ta'kidlaşlariça, uruşni xohlaşmaydi, biroq «undan qoçmaydilar ham».

















