Argentinaning sobiq prezidenti Kristina Fernandes de Kirşnerga terakt böyiça qöyilgan ayblovlar öz içiga davlatga xiyonatni ham oladi. Bu haqda sudya Kladio Bonadioning qarorida aytilgan.
Hujjatga köra, sudya sobiq prezidentni “davlatga xiyonat”, 1994 yilda Buenos-Ayresda yahudiylar madaniyat markazida sodir etilgan teraktning tergov qilinişiga qarşilik körsatiş kabi jinoyatlar iştirokçisi deb hisoblagan holda hibsga olişga körsatma bergan.
Şunday ayblovlar Argentina taşqi işlar vaziri Ektor Timerman va yana bir neça sobiq amaldorlarga qöyilgan. Sudyaning fikriça, Kristina de Kirşner va uning boşçiligidagi hukumat a'zolari lavozimlarida közda tutilgan vakolatlarni suiste'mol qilib, davlatning va teraktda jabrlangan odamlarning manfaatlariga putur yetkazganlar.
Kristina de Kirşner oktabrda senator etib saylangani va parlament daxlsizligiga ega bölgani sababli, sudya parlamentning oliy palatasiga sobiq prezidentni daxlsizlikdan mahrum etiş böyiça sörov yuborişini aytgan. Sudyaning fikriça, sobiq prezident hukm çiqarilgunça ozodlikda qolişi kerak emas, çunki tergovga qarşilik körsatişi mumkin. Şuningdek, sudya sobiq prezidentning 50 mln pesolik (2,9 mln dollarlik) aktivlariga taqiq qöyişga qaror qilgan.
Sobiq prezidentni daxlsizlikdan mahrum etiş uçun bu qarorni 72 örinli senatning uçdan ikki qismi qöllab-quvvatlaşi kerak. Ayni vaqtda sobiq prezident va uning yaqin safdoşlariga yuqori palatada 8 örin, amaldagi hukumat tarafdorlariga 24 örin tegişli. Qolgan senatorlar boşqa muxolif partiyalar vakillari hisoblanadilar.

















