Xalqaro olimpiya qömitasining Rossiyadagi doping tizimini suriştiruvdan ötkaziş böyiça komissiyasi rahbari Samuel Şmid nima uçun uning komissiyasi Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan boğlanişga urinmaganini aytib ötdi.
«Agarda biz u ham aralaşgan, degan fikrdan kelib çiqib iş tutganimizda, u bilan gaplaşişga harakat qilgan bölardik. Hisobotda Putin röy berayotgan holat haqida bilgani yoki bilmagani böyiça holatni aniqlay olmaganimizga yuz foizlik darajada rioya etganmiz», - deya Şmidning sözlarini keltiradi Watson.
MOQ Rossiya Olimpiya qömitasini diskvalifikatsiya qildi, buning natijasida rossiyaliklar 2018 yilgi Öyinlarda faqat neytral bayroq ostida iştirok etişlari mumkin.
Eslatib ötamiz, avvalroq Janubiy Koreyaning Pyongçangida 2018 yili bölib ötadigan qişki Olimpiya öyinlari taşkiliy qömitasi rossiyalik sportçilarga pul grantlarini ajratişi, bu ularning musobaqalarda iştirok etişini ta'minlaş uçun kerakligi xabar qilingandi.












