9 dekabr kuni Toşkent şahrining Bunyodkor stadioni avtoturargohida IIBBning şaxsiy tarkibini közdan keçiriş va xizmat qilişda yuksak natijalarni körsatgan bir guruh içki işlar xodimlarini mukofotlaş tadbiri bölib ötdi.
Tadbirda iştirok etgan ŞIIBB boşliği general-mayor Bahodir Qurbonovning ta'kidlaşiça, şahar içki işlar xodimlari hukumat tomonidan qöyilayotgan vazifalarni sidqidildan bajarib, bildirilayotgan işonçni oqlaş borasida yanada jiddiy faoliyat körsatişi lozim.
“Yaqinda, 24 dekabrda Toşkent şahar va tuman kengaşlariga saylovlar bölib ötadi. Undan söng xalqimiz intiqlik bilan kutayotgan va keng nişonlaydigan Yangi yil bayrami tantanalari bölib ötadi. Şahar aholisi saylovni va bayramni tinç-osoyişta ötkazib olişi içki işlar idoralariga yanada jiddiy mas'uliyat yuklaydi”, - dedi general-mayor Bahodir Qurbonov.
Tadbirda şahar IIBB xodimlarining bir guruhini xizmat faoliyatini amalga oşirişdagi xizmatlarini taqdirlaş marosimi ham bölib ötdi. Ular ŞIIBB tomonidan moddiy mukofotlar bilan rağbatlantirildi.
Xususan, yaqinda Toşkent ruhiy kasalliklar şifoxonasidan qoçgan 3 nafar xavfli jinoyatçini aholiga ziyon-zahmat yetkazmasdan uşlaşda jonbozlik körsatgan xodimlar, Bektemir tumanidagi qotillik jinoyatini foş etgan bir guruh jinoiy-qidiruv boşqarmasi vakillari hamda boşqa içki işlar idoralari vakillari mukofotlandilar.
Şundan söng, Toşkent ŞIIBB boşliği şahar içki işlar idoralari şaxsiy tarkibini közdan keçirdi. Unda şahar IIBB tarkibiga keltirilgan yangi texnikalar namoyişi ham bölib ötdi.























